Kuniga 2 000 ta qo'ng'iroqni hech bir ROP eshitib ulgurmaydi. AliTahlil har bir yozuvni o'zbekcha — sheva bilan ham — matnga aylantiradi, Bitrix izohini o'qiydi va iliq mijoz noto'g'ri etapga tushib qolganini darhol ko'rsatadi.
Ulanadi va birga ishlaydi
Kim nechta lead bilan gaplashdi, qaysi voronkaga qo'ydi, qanday gaplashdi — hammasi bitta panelda.
O'zbekcha, ruscha va sheva bilan gaplashilgan suhbat vaqt belgili matnga aylanadi: kim nima dedi — aniq.
Brak, Otkaz, O'ylab ko'radi, Perezvon, Zakaz — operator qo'ygan etap suhbat mazmuniga mosmi, AI aytadi.
Har xatoga tayyor gap: «keyingi safar shunday ayting». Takrorlanadigan xatolar haftalik ko'rinadi.
Sifat bali, xato etaplar, zakaz va konversiya — 7 kunlik o'zgarish bilan.
Qo'ng'iroqlar, etap tarixi va izohlar avtomatik yig'iladi. Qo'lda hech narsa kiritilmaydi.
Yopiq kirish, ma'lumot serverda himoyalangan. Mijoz raqamlari yashiriladi.
Bitrix24 portalingizga xavfsiz kalit orqali ulanamiz. Operator va voronkalar avtomatik topiladi.
30 soniyadan uzun har bir qo'ng'iroqni AI eshitadi, izohni o'qiydi va etapni tekshiradi.
Rahbar panelida noto'g'ri etaplar, xatolar va reyting — har kuni, har soatda yangilanadi.
Operator yozgan izoh va yozuvda aslida aytilgan gap — yonma-yon.
“Gaplashmadi, brak.”
Qo'ydi: Brak“Hozir ishdaman, kechqurun soat oltida qo'ng'iroq qiling.”
AI: PerezvonBir xil call-center, bir xil operatorlar — farq faqat nazoratda.
ROP qo'lda, vaqti yetgancha tinglaydi
AI har bir suhbatni eshitadi va solishtiradi
Panelga kirmasa ham, rahbar kun yakunini telefonida ko'radi: kim yaxshi ishladi, qaysi lidlar noto'g'ri etapda qoldi, ertaga kimga qayta qo'ng'iroq qilish kerak.
O'z raqamlaringizni kiriting — iliq mijozlar «Brak» va «Otkaz»da yo'qolishi oyiga qancha pul ekanini ko'ring.
Narx operatorlar soniga qarab belgilanadi. Aniq narxni demo ko'rsatgandan keyin kelishamiz.
20 tagacha operator
20–100 operator
100+ operator
Ma'lumotingizni qoldiring — siz bilan bog'lanib, Bitrix'ingizdagi haqiqiy raqamlar bilan demo ko'rsatamiz.