Oxirgi yangilanish: 21.11.2026
AliTahlil — call center qo'ng'iroqlarini tahlil qiluvchi xizmat. Bu sahifada qanday ma'lumotlar bilan ishlashimiz, ular nima uchun kerakligi va qanday himoyalanishi tushuntiriladi.
Faqat xizmatni ko'rsatish uchun: operator qo'ygan etap suhbatga mosligini tekshirish, xatolarni topish, hisobot va maslahatlar tayyorlash. Ma'lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonga sotilmaydi.
Panelga faqat mijoz kompaniya rahbariyati kiradi. Kirish Telegram orqali va faqat ruxsat berilgan akkauntlar uchun ochiladi. Har bir kompaniya faqat o'z ma'lumotini ko'radi. Mijozlarning telefon raqamlari panelda qisman yashirilgan holda ko'rsatiladi.
Yozuvlarni matnga aylantirish va tahlil qilish uchun sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalaniladi. AI hukmi tavsiya xarakterida: yakuniy qarorni har doim kompaniya rahbariyati qabul qiladi.
Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun bizga yozing.
Telegram: @ali_targetolog
Xizmat hozir ishga tushirish bosqichida. Siyosat yangilanishi mumkin — o'zgarishlar shu sahifada e'lon qilinadi.